Qarorga koʻra, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyati boʻlinmasi tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:
- Fargʻona milliy cholgʻular orkestri;
- Fargʻona simfonik orkestri.
Shuningdek, reja boʻyicha Fargʻona shahridagi “Eco City” majmuasi hududidagi amfiteatrda hamda mahalliy aholi va sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan boshqa joylarda Simfonik orkestr va Milliy cholgʻular orkestrining konsert dasturlari tashkil etib boriladi.









