баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Fargʻonada milliy kurash bayrami boshlandi

    Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasida kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqasi boshlandi.

    Unda 500 dan ziyod erkak va ayol polvonlar ishtirok etmoqda.

    Musobaqaning ochilish marosimida Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Komil Yusupov, Fargʻona viloyati hokimining turizm va sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari Xurshid Ahmedov ishtirok etdi.

    Chempionat doirasida Oʻzbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi ham boʻlib oʻtdi. Unda federatsiya nizomiga kiritilayotgan oʻzgarishlar va kurash sportini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Prezident qarori ijrosini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.