Fargʻonada milliy madaniy markazlarni oʻzida jamlagan “Doʻstlik uyi” foydalanishga topshirildi

    Fargʻona shahar Qirguli mavzesida “Doʻstlik uyi”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, mutasaddi rahbarlar, viloyatdagi nemis, slavyan, yahudiy, tatar, qirgʻiz, koreys, tojik, turk milliy madaniy markazlari hamda viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.

    Tadbirda soʻz olganlar millatlararo hamdoʻstlik, totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash - Davlatimiz rahbari boshchiliklarida olib borilayotgan odilona siyosatning asosiy tamoyillaridan biri ekanini taʼkidlab, Prezidentimiz tashabbuslari bilan milliy madaniy markazlarga, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor koʻrsatilayotgani, bugun foydalanishga topshirilgan Doʻstlik uyi ham ushbu yuksak eʼtiborning namunasi ekanini qayd etdilar.