Bu Fargʻona viloyati hokimining “Fargʻona viloyatida ekstremal iqlim sharoitlarida, xususan, havo harorati koʻtarilib ketgan sharoitlarda yoʻllarning va yoʻl sunʼiy inshootlarining texnik holatini saqlab turish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga koʻra, cheklov 2025-yil 20-iyuldan 20-oktyabrgacha, har kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha quyidagi cheklovlar amal qiladi:
- Tashishda gʻildirak oʻqiga tushadigan ogʻirligi 10 tonna va undan ortiq boʻlgan yuk avtomashinalari;
- Yonib ketuvchi, atrof-muhit uchun xavfli yuk tashuvchi, yoki maxsus talablarga javob bermaydigan ogʻir avtotransport vositalari.
Ushbu cheklov quyidagi holatlarga taalluqli emas:
- Tez tibbiy yordam, yongʻin oʻchirish va favqulodda xizmatlarga tegishli transport vositalari;
- Kommunal va sanoat xizmatlarini taʼminlovchi maxsus avtotransportlar;
- Ruxsatnomaga ega mahalliy tadbirkorlar mahsulot yetkazib berish vositalari (faqat maxsus belgilari mavjud boʻlganda).
Qaror ijrosini taʼminlash Fargʻona viloyati IIB YHXB hamda shahar va tuman hokimliklariga yuklatilgan. Shuningdek, nazorat postlari joylashtirilib, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Qaror ijrosi nazorati Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari X.Dolimov zimmasiga yuklatilgan.








