Fargʻonada olmaxonlarni noqonuniy olib kirishga boʻlgan urinish fosh qilindi

    Yashil sayyora 30 Noyabr 2022 2185

    Olmaxonlarning ikkitasi qoniqarsiz sharoitdan nobud ham boʻlgan edi.

    Fargʻona tumanida aniqlangan holatda chegaradosh mahallalardan birida shubha ostiga olingan shaxsga tegishli 2 ta yogʻoch yashik bojxonachilar va DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda koʻzdan kechirildi.

    Natijada, maxsus yasalgan va boʻlmalarga ajratilgan yashiklarda qoʻshni davlatdan noqonuniy ravishda olib kirilgan va tegishli hujjatlari boʻlmagan 32 bosh olmaxonlar borligi aniqlandi.

    Shuningdek, ularning ikkitasi qoniqarsiz sharoitdan nobud ham boʻlgan edi.

    Qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 30 mln soʻmga baholangan ushbu jonivorlar hozirda Fargʻona xayvonot bogʻiga topshirildi.

    Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabarida.