Viloyati hokimi X.Bozorov Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali viloyat bayramida —Dunyo boʻylab koʻplab mamlakatlarda may oyining turli kunlarida Onalar kuni nishonlanadi. Biz ham bu yil may oyining ikkinchi haftasini Fargʻona viloyatida Onalar kuni sifatida bayram qilsak, bayram qilganda ham “Onalarga ehtirom” bayrami nomi bilan ommaviy shodiyona sifatida oʻtkazsak», — deb taklif bildirgan edi.
Mana shu ezgu tashabbusdan soʻng viloyat boʻylab yuzlab “Onalarga ehtirom” tadbirlari, festivallar davom etyapti.
Oltiariq tuman Davlat xizmatlari markazi tashabbusi bilan markazda bugun mana shunday tadbir tashkil etildi. Davlat xizmatchilarining onalari markazga taklif etilib, avvalo farzandlari qanday sharoitda va qay tarzda faoliyat olib borayotganligi bilan bevosita tanishtirildi. Onajonlarga oʻz farzandlari Agentlik tizimida fuqarolar, tadbirkorlar, mijozlar va xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirib berishdi.
Shundan soʻng, markazning tadbirlar zalida onalarga izzat ikrom koʻrsatildi. Namunali xulqli farzandlarini tarbiyalaganliklari uchun ularga tashakkurnomalar eʼlon qilindi. Anvoyi gullar jamlangan guldastalar taqdim etildi. Hissiyotlar haqida biz biror nima deya olmaymiz. Mayli Fotosuratlarning oʻzi sizlarga “hikoya qilib” beradi...
DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi axborot xizmati