Oʻtgan 2021-yil yakunlariga bagʻishlab dekabr oyida oʻtkazilgan xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan maktab oʻqituvchilari uchun viloyat hokimining maxsus ustamasi joriy etilishi maʼlum qilingandi.
Ushbu tashabbus ijrosi doirasida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan oʻquvchilari xalqaro, respublika va viloyat fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilar hamda faoliyati davomida yuqori samaradorlik qayd etib kelayotgan fan oʻqituvchilari va direktorlardan 122 nafarining roʻyxati shakllantirildi, ularga oylik ish haqining 20 foizidan 100 foizigacha miqdorda viloyat hokimining ustamasi ajratildi. Ustama mablagʻlari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida toʻlab berildi.
Bu amaliyot doimiy davom etadi, har chorak yakuni boʻyicha chorak davomida eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan 200 nafar oʻkituvchilarga viloyat hokimining ustamasi berib boriladi.