Loyiha doirasidagi birinchi bosqichda 104 nafar yosh ikki oylik nazariy va bir oylik amaliy oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Ular Janubiy Koreyaning “Hyundai Heavy Industries” kompaniyasida kemasozlik sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri ishchi viza orqali mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega boʻldi.
Tadbirda Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev ham soʻzga chiqib, birinchi bosqichda 104 nafar yosh bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan boʻlsa, ikkinchi bosqichda 96 nafar, navbatdagi bosqichda esa 107 nafar yoshlar tahsil olayotganini maʼlum qildi.
Oʻqish istagidagi yoshlar soni kun sayin ortib borayotgani qayd etildi.
Tadbir yakunida bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar, oʻquv jarayonida faol qatnashgan yoshlarga esa “Hyundai Heavy Industries” kompaniyasining faxriy yorliqlari topshirildi.









