баннер
28 Mar 2025
17:06

    Fargʻonada ota farzandlariga aliment evaziga uy berdi

    Kelgusida N.Aliyeva farzandlari bilan alohida issiqqina xonadonda yashaydigan boʻldi.

    Bugungi kunda aliment qarzini toʻlamaslikning huquqiy oqibatlarini tushunmasdan qochib yurgan otalardan farqli oʻlaroq, farzandining taqdiriga va taʼminotiga befarq boʻlmagan otalar ham koʻplab topiladi.

    Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining 19.06.2022-yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor F.Aliyevdan undiruvchi N.Aliyeva foydasiga turmushlaridan ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

    Ushbu ijro hujjati Byuroning Fargʻona shahar boʻlimiga kelib tushgan va shu kunning oʻzida ijro ishi qoʻzgʻatilgan.

    Ijro harakatlari natijasida masʼuliyatni his qilgan fuqaro F.Aliyev oʻzining farzandining aliment taʼminoti oʻrniga Fargʻona shahar hududidagi koʻp qavatli uylarning biridan xonadan berdi.

    Kelgusida N.Aliyeva farzandlari bilan alohida issiqqina xonadonda yashaydigan boʻldi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech