баннер
2 Mar 2025
12:36

    Fargʻonada qariyb 500 mln soʻmlik zargarlik buyumlarini olib kirmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    “Istanbul-Fargʻona” yoʻnalishida Fargʻona shahriga uchib kelgan fuqaro oʻzi bilan 600 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini bojxona toʻlovisiz olib kirishga uringan.

    Qayd etilishicha, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Fargʻona aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Istanbul-Fargʻona” yoʻnalishida Fargʻona shahriga uchib kelgan fuqaro olib kirish meʼyoridan ortiqcha va bojxona nazoratidan oʻtkazilishi zarur boʻlgan tovarlari mavjud emasligini maʼlum qilgan holda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyani toʻldirmasdan “yashil yoʻlak” orqali harakatlangan.

    Ushbu fuqaro harakatlari bojxona xodimlarida shubha uygʻotganligi sababli toʻxtatilib oʻzi va unga tegishli boʻlgan qoʻl sumkalari belgilangan tartibda bojxona nazoratdan oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tekshiruvlarida, fuqaro qoʻl sumkasida, oʻzida taqilgan va tana aʼzolariga yashirilgan umumiy qiymati 483 mln. soʻmlik ogʻirligi 620 gr.ga teng boʻlgan 5 turdagi 105 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirib olib oʻtayotganligi aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz: amaldagi tartiblarga koʻra jismoniy shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlari undirilmasdan respublikaga olib kirishga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlar uchun meʼyor 65 gr. etib belgilangan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech