Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida shaharning “Joʻydam“ MFYda joylashgan, fuqaro S. Sh. ga qarashli kulolchilik sexida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, “zangori yoqilgʻi“dan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 7 milliard 655 million 718 ming soʻmlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.