Taʼkidlash joizki, ushbu nufuzli turnirga fargʻonaliklar alohida koʻtarinki ruh bilan tayyorgarlik koʻrdi. Mazkur musobaqa "COVID-19 pandemiyasi davrida hududlarda sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar, musobaqalar hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish talablariga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etildi.
Bugun mazkur turnir doirasida qilichbozlikning shpaga turi boʻyicha respublikamiz viloyatlari hamda Qoraqalpogʻistonlik atletlar shaxsiy birinchilik bahslarida oʻzaro kuch sinashdi. Oʻz navbatida ushbu musobaqada jam boʻlgan yosh qilichbozlarimiz mamlakat birinchiligi uchun olib borilgan bahslarda oʻzlarining bor sport mahoratlarini namoyon etdi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan musobaqalar jarayonida qizlar orasida, ayniqsa Buxoro viloyati hamda oʻgʻil bolalar orasida Toshkent shahri qilichbozlik maktabi shpagachilari tengsiz ekanliklarini isbotlashdi.
Marhamat qilib, “Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining ilk gʻoliblari bilan tanishing.
Shpaga. Qizlar, shaxsiy birinchilik.
1. Hamidova Aziza – Buxoro
2. Karomatova Firuza – Buxoro
3. Kasimova Rada – Toshkent
Shpaga. Yigitlar, shaxsiy birinchilik.
1. Siddiqov Muhammad Yusuf – Toshkent
2. Gʻofurov Shahriyor – Toshkent
3. Naimov Sardorbek – Buxoro
Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati