баннер
23 Apr 2025
17:25

    Fargʻonada qimorxona tashkil qilgan shaxslar IIB xodimlariga bolta va pichoq bilan hujum qildi

    Fargʻona viloyatida IIB Tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyati Quva tumani “Soykeldi“ MFYda yashovchi shaxs oʻz xonadonida qimorxona tashkil etgani aniqlandi.

    Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar tomonidan IIB xodimlariga bolta va pichoq bilan faol qarshilik koʻrsatilgan. Ammo IIB xodimlariga koʻrsatilgan faol qarshiliklarga qaramasdan, gumonlanuvchilarning barchasi jinoyat ustida qoʻlga olingan.

    Maʼlumotlarga koʻra, ushbu qimorxonada fuqarolar tomonidan oʻyinga tikilgan jami 17 mln soʻmdan ziyod pullar, 200 AQSH dollari va 35 rubl kupyuradagi pullar, 8 dona oshiq va 25 dona oshiq otish uchun stakanlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech