“MARAFON GROUP” holdingi tarkibidagi “ILYASOV” MCHJning qishloq xo'jaligi klasteriga tegishli “Dolina story element” MCHJ tomonidan 1,12 gektar maydonda tashkil etilgan gidroponika usulidagi issiqxonaning loyiha qiymati 700 ming AQSH dollariga teng.
Bu yerda Turkiyadan olib kelingan 145 ming ko'chatdan yiliga 70 tonna hosil olish rejalashtirilgan. Mahsulot mahalliy va turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
— Mahsulotlarimizning asosiy qismi ichki bozorga chiqariladi, — deydi klaster rahbari Fahriddin Ilyosov. — Bundan tashqari, yondosh hududda umumiy hajmi 200 tonna mahsulot saqlash imkoniyatiga ega bo'lgan muzlatkich quryapmiz. Bu mahsulot turlari saqlash va iste'mol bozoriga uzluksiz kulupnay yetkazib berish imkoniyatini beradi.
Farg'ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov zamonaviy issiqxona ish faoliyati, mashulot yetishtirish jaryonlari bilan yaqindan tanishdi.
Rasuljon Kamolov,
“Yangi O'zbekiston” muxbiri.