Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda so‘nggi o‘n kunda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 45 ta holatda iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Buning natijasida 599 million 300 ming metr kub tabiiy gaz va 1 million 236 ming kVt⋅soat elektr energiyasi talon-toroj qilingan bo‘lib, tizimga yetkazilgan 1 milliard 722 million so‘m zarar undirishga qaratilgan.
Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz qariyb 3 mingta, elektr energiyasi esa 6 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.