Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengashtirish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq,
Fargʻona tumani, “Sattorobod” MFY hududidagi 400 ga yer maydonida qiymati 70,0 mln.dollarga teng, quvvati 100 MVt boʻlgan quyosh elektrostansiyasini qurish ishlarini boshlanishi rejalashtirilgan.
“Oʻzenergoinspeksiya” Matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 250 mln.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 73 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilish imkoniyati yaratiladi.