Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi xabar berdi.
Yaqinda Fargʻona viloyati hokimi Malayziyaning qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Sunview Group” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Fargʻona tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan quvvati 200 megavatt boʻlgan quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Viloyatda qurilishi rejalashtirilayotgan loyiha qiymati 150 mln. dollar boʻlib, Malayziyaning qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniyasi – “Sunview Group” tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya hisobiga DXSH tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Hozirda investor kompaniya va Energetika vazirligi oʻrtasida olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu loyihani amalga oshirish va quyosh elektr stansiya tarif narxlari kelishildi.
Loyiha uchun Fargʻona tumanidan yer maydoni tanlanib, investorga texnik va iqtisodiy jihatdan oʻrganish uchun taqdim etildi. Quyosh elektr stansiyasi qurilish ishlari shu yilning 4 choragida boshlash rejalashtirilgan.