Fargʻonada quyma oltinni jinsiy aʼzosiga yashirgan ayol ushlandi

    Ayol 250 gr oltinni bojxona postidan yashirib, olib oʻtishga uringan.

    Qayd etilishicha, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Fargʻona aeroporti“ chegara bojxona posti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaroning xatti-harakatlari bojxona xodimlarida shubha uygʻotgan.

    Fuqaro “Body Scaner” nazorat texnik vositasi yordamida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda quyma oltinni jinsiy aʼzosiga yashirib olib oʻtmoqchi boʻlgani aniqlangan.

    Maʼlumotlarga koʻra, fuqaro jinsiy aʼzosiga yashirilgan umumiy qiymati 358 mln. soʻmlik ogʻirligi 250 gr.ga teng boʻlgan 3 dona quyma oltin boʻlaklari borligi fosh boʻlgan.