Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya mazmun-mohiyatini targʻib qilgan forumda 3 mingga yaqin talaba-yoshlar qamrab oldi.

Tadbirda ishtirokchilari  yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan oʻrni, unga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrining bundanda yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidlab, barchani 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

– Yangilanayotgan Konstitutsiya chin maʼnoda xalq konstitutsiyasi, yoshlar konstitutsiyasi boʻlishiga ishonaman, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidjon Jabborov.–Boʻlib oʻtgan tadbirda yoshlarning  faolligi, fikr-mulohazalari   Bosh qomusimizdagi oʻzgarish va qoʻshimchalarga befarq emasliklaridan dalolat bermoqda.

Tantanali konsert dasturida  Universitetning sanʼatshunoslik fakultetining yosh ijodkorlari va el suygan  sanʼatkorlar  tomonida ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar guldastasi kechaga yanada fayz kiritdi.

 Rasuljon Kamolov,

 “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.