Fargʻonada retro-avtomobillar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

    Transport 31 Oktabr 2023 996

    Fargʻona viloyati Toshloq tumanida retro-avtomobillar koʻrgazmasi oʻtkazildi.

    Turizm qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, “Drift shou” tadbiri Oʻzbekiston avto-moto turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Koʻrgazmada 200 ga yaqin retro avtobillar namoyish etilib, belgilangan hududda mashinalar ishtirokida maxsus parad ham oʻtkazildi.

    Tadbirda viloyat va tuman hokimligi rasmiylari, minglab avtomobil ishqibozlari hamda OAV vakillari qatnashishdi.