Har bir murojaat boʻyicha aniq yechim va chora-tadbirlar belgilandi.

“Mehrigiyo” oilaviy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “EXPO-CENTER” loyihasi ham alohida eʼtiborga molikdir. Unda organik oʻsimliklar muzeyi, oranjereya, gastronom, kongress-xol, avto-parking va boshqa bir qator bino-inshootlar joylashadi. Korxona tomonidan Respublikada ilk ”Salomatlik" telekanali tashkil etish rejasi ham viloyat hokimi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Taqdimotda Soʻx tumani xududida joylashgan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi negizida “EDU LAND” MCHJ tomonidan yurtimizda birinchi bor tashkil etilayotgan turizm sanoati mutaxassisliklari tayanch maktabi haqida ham batafsil maʼlumot berildi. Unda zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar oʻrgatilishi, turizm boʻyicha yetuk kadrlar zaxirasi yaratilishi maʼlum qilindi. 2023-yil yanvar oyidan faoliyat boshlaydigan mazkur maktabda kelgusida qoʻshni davlatlardan oʻquvchilar kelib tahsil olishlari rejalashtirilayotgani aytildi.

Shuningdek, Quva tumanida joylashgan Karkidon suv ombori hududida 300 nafar mehmonlarni qabul qilish imkoniyatiga ega dam olish majmuasi loyihasi ham taqdim etildi.

Yozyovon tumanida tuyachilik turizm markazi tashkil etish loyihasi ham ijobiy baholandi, tadbirkorga tuman davlat oʻrmon xoʻjaligi balansidagi yer maydonlaridan ijara asosida ajratilishi belgilandi.

Taqdimot davomida Fargʻona shahridagi foydalanilmay yotgan Yoshlar koʻli oʻrnida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida bolalar uchun koʻngilochar maskan tashkil etish loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq masala ham ijobiy yechim topdi.