Fargʻonada sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 3 ta AYOQSHga nisbatan chora koʻrildi

    Fargʻona viloyatidagi 3 ta AYOQSHda Ai-80 va Ai-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

    Bu haqda Oʻzenergoinspeksiya maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, ushbu qoidabuzarliklar uchun Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida 30.9 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.

    Qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.