Bu haqda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 29-avgust kuni tungi soat 03:30 larda, Fargʻona shahar Kergili mavzesi hududidan oʻtgan 4R-140A “Fargʻona shahriga” avtomobil yoʻlining 8 km.da 2005-yilda tugʻilgan haydovchi T.A boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, keskin tormoz bosib yuborishi natijasida boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetida beton simyogʻochga urilib yoʻl-transport hodisasini sodir etdi.
YTH oqibatida “Spark” avtomobil yoʻlovchilari 2005-yilda tugʻilgan Q.M, 2005-yilda tugʻilgan Yu.A, 2004-yilda tugʻilgan E.Sh, va N.F lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.
Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan avtomobilda boʻlgan ikki yoʻlovchi Q.M va Yu.Alar shifoxonada vafot etdi.