Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Fargʻona suv taʼminoti”ning Buvayda tuman boʻlimi xodimlari “Qoratepa” MFYda yashovchi T.K.ning yashash xonadoniga qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Ammo T.K. va uning ukasi N.K. suv taʼminoti xodimlarini haqorat qilib, ularga tan jarohati yetkazmoqchi boʻlgan.
Holat yuzasidan yuqoridagi fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183,185 va 187-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda targovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.