Fargʻonada tarkibida giyohvand moddasi mavjud boʻlgan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

    Voqea-hodisalar 16 Fevral 2025 576

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yozyovon tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.Q. Fargʻona shahri, “Dehqon bozori” MCHJ avtoturargohida fuqaro M.X.ga kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 277 dona “TAWON LIAR” nomli tarkibida giyohvand moddasi mavjud boʻlgan dori vositalarini 1,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida jami 321 dona vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.