Fargʻonada “Xalq banki“ mansabdorlari fuqarolarning yordam va nafaqa pullarini talon-taroj qildi

    Xavfsizlik 28 Fevral 2025 977

    AT “Xalq banki“ Qoʻqon universal bank xizmatlari markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh boʻlib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

    Qayd etilishicha, markazning mansabdor shaxslari hamda boshqalar oldindan til biriktirib, bank dasturiy taʼminoti “IABS”dagi markazning ikki nafar xodimiga biriktirilgan login va parol orqali 68 nafar fuqarolarning xabarisiz va ishtirokisiz ularning nomiga bank kartalarini ochib, bank kartalarida harakatsiz turgan 104 mln. soʻm moddiy yordam va nafaqa pullarini bankomatlar orqali naqdlashtirishib, oʻzlashtirib olgan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “g“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.