Fargʻonada yana bir Mehribonlik uyi bitiruvchisiga barcha sharoitlarga ega uy topshirildi

    Ijtimoiy hayot 24 Yanvar 2022 1927

    Fargʻonada Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan 2021-yil davomida 29 nafar bitiruvchiga barcha sharoitlarga ega 1 xonalik uylar topshirilgan boʻlsa, bugun 2022-yil boshidanoq yana bir Prezident farzandi oʻzining shinam uyiga ega boʻldi.

    Margʻilon shahar 1-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Usmonov Lazizbek Mehribonlik uyini bitirib mustaqil hayotga qadam qoʻydi.

    — Tez orada Mehribonlik uyini bitirsam qayerga boraman deb oʻylanib, Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shavkat Akbarovga uyim yoʻqligini muddat esa kamligini aytdim. Ular tezkorlik bilan murojaatimni oʻrganib ijobiy hal etishdi. Shukur endi meni uyim bor.

    Davlatimiz ota-onam vafot etganini bildirmadi, 18 yil shu maskanda tarbiya topdim. Yomon boʻlmadim. Sportchi boʻldim. Kelajakda Prezidentimizga sodiq kadr boʻlib yetishaman. Emin erkin yashashimiz uchun barcha sharoitlarni yaratayotgan Shavkat Mirziyoyevga, Gvardiya xodimlariga rahmat, — deydi.

    Eslatish joizki, Mehribonlik uyi bitiruvchilariga berilayotgan uylar toʻliq taʼmirlangan, kerakli maishiy texnik jihozlar bilan taʼminlangan holda berilmoqda.

    Shermuhammad Dehqonov,

    Huquqshunos bloger