баннер
24 Apr 2025
06:12

    Fargʻonada yarim mlrd.dan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

    Fargʻona viloyatning Beshariq tumanida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbiri oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida, tumanning “Vorux dasht“ MFYda joylashgan “N. R. Sh.“ MCHJga qarashli davolash maskanida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, tabiiy resursdan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.

    Aniqlangan holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 686 million 590 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.

    Tadbirga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech