баннер
30 Mar 2025
18:51

    Fargʻonada “Yilqichi“ qushining noqonuniy sotilishiga chek qoʻyildi

    Fargʻona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiyasi xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir boʻlib oʻtdi.

    Fargʻona tumani “Avval“ MFY hududida oʻtkazilgan tadbir davomida fuqaro I.N. tomonidan 1 dona “yilqichi“ qushi Telegram tarmogʻi orqali sotilayotganligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan tezkor tadbir uyushtirilib, noqonuniy savdoga chek qoʻyildi. “Yilqichi“ qushi daliliy ashyo sifatida olib qoʻyildi hamda vaqtincha saqlash uchun Fargʻona viloyat hayvonot bogʻiga joylashtirildi.

    Bundan tashqari, fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 92-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech