Farg‘onada Yoshlar biznes markazi ish boshladi

    Kecha, 24 noyarb' kuni “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Farg‘ona viloyati filiali binosida tashkil etilgan Yoshlar biznes markazi ish boshladi.

    Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2,64 milliard so‘m ajratilib, qayta rekonstruksiya qilish orqali tashkil etilgan Yoshlar biznes markazida Book kafe, kovorking markazi, IT-markaz, arxitektura va interyer-dizayn markazi, yuridik klinika, kitob do‘koni, yoshlar media studiyasi, sayyohlik agentligi, konferensiyalar zali, xorijiy tillar o‘quv markazi kabi innovatsion bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

    Yoshlar biznes markazi bir vaqtning o‘zida 200 dan ziyod yoshlarni o‘z bag‘riga joylay oladi.