Fargʻonada zoʻravonlikni targʻib qilganlarga chora koʻrildi

    «Fargʻonada boʻrilar bor oʻlasan», «Qabrga oʻzingni koʻm». Ijtimoiy tarmoqlarda zoʻravonlikni targʻib qilgan yoshlar qonun oldida javob berdi.

    Bu haqda Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

    Maʼlum boʻlishicha, 1994-yil Quva tumanida tugʻilgan, Fargʻona shahar «Shifokorlar» mahallasida yashovchi fuqaro oʻzining Instagram sahifasida «Shoqollar» sarlavhasi ostida zoʻravonlikni targʻib qiluvchi videolar joylashtirgan.

    Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddalariga koʻra, hujjatlar rasmiylashtirildi.

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.