M.U. turmush oʻrtogʻi bilan gaplashib olish maqsadida, avtomashinani Fargʻona shahridagi “Neftchi” stadioni roʻparasida toʻxtatgan.

Shu vaqtda, avtomashina orqa oʻrindigʻida oʻtirgan M.X. (ayol) oʻzi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi “benzin” yoqilgʻisini dastlab turmush oʻrtogʻi M.U.ni, keyinchalik esa oʻzini va avtomashina saloni ichiga sepib, yoqmoqchi boʻlgan.

Turmush oʻrtogʻining ushbu harakatidan qoʻrqib ketgan M.U. avtomashinadan tushib, tashqariga qochgan vaqtda M.X. yondirgich (zajigalka) bilan oʻzini va avtomashinani yoqib yuborgan

Chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan Fargʻona viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yongʻin tezkorlik bilan oʻchirilib, tez-tibbiy yordam boʻlimi xodimlari tomonidan avtomashina salonida boʻlgan marhuma M.X.ning yongʻin natijasida tugʻilgan oʻgʻil jinsli chaqalogʻini hayoti saqlab qolingan.

Biroq, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloq shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “b” bandi (Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.