Farg‘onadagi gaz zapravkada sodir bo‘lgan janjal oqibati 23 yoshli yigit halok bo‘ldi

    Shu yilning 3-fevral kuni Dangʻara tumanida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shaxobchasida uch nafar shaxs oʻzaro janjallashgan.

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi

    Taʼkidlanishicha, janjal payti bezorilikni oldini olish maqsadida, ularni ajratish uchun kelgan boshqa shaxsga (2001-y.t.) ham faol qarshilik koʻrsatilgan. Bir necha vaqtdan soʻng, ushbu shaxs xushini yoʻqotgan va shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.

    Olib borilgan tergov oldi tekshirish harakatlari davomida Dangʻara tumani IIB huzuridagi TG tomonidan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va ular protsessual tartibda ushlangan.

    Marhumning oʻlimi yuzasidan Dangʻara tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Uning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

    Tergov va tekshirish harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.