O‘rganishlar natijasida Farg‘ona shahridagi «Muruqqat» mahallasida yashovchi fuqaro T.M. tomonidan, aslida, akula emas, balki Siam somi boqilayotgani ma’lum bo‘ldi.
«Afsuski, internetda ko‘p qavatli uy yer to‘lasida akula boqilyapti, degan noto‘g‘ri xabar tarqalib ketdi. Buning uchun uzr so‘rayman. Hozirda baliqlarni yer to‘lada emas, uyimning hovlisiga joylashtirganman», — dedi fuqaro.
Ma’lumot uchun, Siam somi akvarium baliği hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi akulaga o‘xshagani uchun u «akulasimon som» yoki shunchaki «pangasius» nomi bilan ham tanilgan.