Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sodir boʻlgan holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar “Sholdirama” MFY, Alisher Navoiy koʻchasida joylashgan zapravkada Matiz avtomobiliga oʻrnatilgan propan gazballoni ichiga metan toʻldirish vaqtida portlagan.

«Portlash oqibatida yongʻin yuz bermagan. Hodisa tufayli jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq», — deyiladi xabarda.