Fargʻonadan aviareys bilan Janubiy Koreyaga 46 tonna gilos eksport qilindi

    Agrosektor 14 Iyun 2021 883

    Bugun, 14-iyun kuni erta tongda viloyat hokimi tashabbusi bilan Fargʻona xalqaro aeroportida tashkil etilgan Fargʻona (Oʻzbekiston) - Inchxon(Janubiy Koreya) yuk aviareysida viloyatda yetishtirilgan qiymati 246 ming dollarlik 46 tonna gilos mahsulotlari Fargʻonadan Janubiy Koreyaga eksportga yuborildi.

    Mazkur gilos mahsulotlarining eksportga rasmiylashtirish jarayoni “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan soddalashtirilgan tartibda, tezkorlik bilan amalga oshirildi.

    Fargʻona xalqaro aeroportida tashkil etilgan mahsulotlarni saqlash uchun moʻljallangan muzlatgich esa giloslarni sifati buzilmagan holda saqlash va xorijga yuborish imkonini bermoqda.

    Maʼlumot tariqasida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida viloyatda qiymati 25,5 million dollarga teng boʻlgan 10 ming 420 tonna gilos xorijga eksport qilindi.