Fargʻonadan Rossiyaga quritilgan mahsulotlar eksporti davom etadi

    Biznes 30 Dekabr 2020 1092

    Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Fargʻonadan olinadigan quritilgan mevalarga taqiq qoʻygani haqida xabar tarqalgandi.

    “Oʻzdavkarantin” hamda “Rosselxoznadzor” xizmatlari oʻrtasida olib borilgan muzokaralarning navbatdagi natijalariga koʻra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab Rossiya Federatsiyasiga Fargʻona viloyatidan quritilgan mahsulotlar eksportiga ruxsat berildi.

    Mazkur kelishuvga qadar Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi markaziy apparati, oʻsimliklar karantini ilmiy markazi hamda markaziy karantin laboratoriyasidan iborat ishchi guruh viloyatdagi fitosanitar holatni chuqur oʻrganib, taqiqqa sabab boʻlgan kapr qoʻngʻizi bilan bogʻliq tahlillarni olib borgan edi. Hududda bunday karantin obyekti mavjud emasligi qayd etilgan ilmiy xulosalar Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya boʻyicha federal xizmatiga taqdim etilgan.

    Shu bilan birga endi Rossiya Federatsiyasiga quritilgan mahsulotlarning eksport jarayonida qoʻshimcha talab kiritildi. Yaʼni Fargʻona viloyatidan eksport qilinuvchi quritilgan meva mahsulotlarining har bir partiyasi uchun dastlabki elektron xabarnoma hamda mahsulotning fitosanitar xavfsizligini tasdiqlovchi laboratoriya tekshiruv xulosalari ilova qilinadi, deb xabar beradi “Oʻzdavkarantin” incpeksiyasi matbuot xizmati