Fargʻonaga turistlar uchun zamonaviy avtobuslar olib kelindi

    Avtobuslar keng va yumshoq oʻrindiqlar, konditsioner, telefon va gadjetlar uchun USB portlar, Wi-Fi tarmogʻi, suv kulleri kabi qulayliklar ega.

    Quva tumanida faoliyat yuritayotgan “Dolina Avto Tur” MCHJ tomonidan Fargʻonaga 6 ta zamonaviy, barcha qulayliklarga ega turistik avtobuslar olib kelindi, deya xabar qiladi viloyat hokimligi axborot xizmati.

    Xitoyda ishlab chiqarilgan va oʻziga xos koʻrinishdagi Yutong va Asia Star rusumidagi avtobuslar har biri 53 oʻrindiqqa ega boʻlib, zamonaviy talablarga javob beradi.

    Ular keng va yumshoq oʻrindiqlar, konditsioner, telefon va gadjetlar uchun USB portlar, Wi-Fi tarmogʻi, suv kuleri kabi qulayliklar ega.

    “GPS” tizimi va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

    Shuningdek, ushbu transport vositalari togʻli hududlarda ham erkin harakatlana oladi.