Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan 500 dona kislorod konsentratori, 5 mingta puls oksimetrlari olib kelindi. Mazkur tibbiy texnikalar zaxira uchun tayyorlab qoʻyilgan maskanlarga topshirildi.

Bir dona kislorod konsentrator narxi barcha xarajatlari bilan 4 million 200 soʻmga tushdi.