Qishning sovuq kunlarida chekka hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga bu chinakam tuhfa boʻldi. Boisi besh qoʻl barobar boʻlmagani kabi, hamma hududda ham xonadonlarni isitish uchun gaz yetarli emas. Hattoki, baʼzi hududlarda gaz tarmoqlari ham yoʻq. Shuni deputat inobatga olib, navbatdagi saxovatli ishning etagini tutdi.
Xususan, Qoʻshtepa tumanidagi “Istiqlol”, “Shakar”, “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 66 ta xonadonlarga, Margʻilon shahridagi “Maorif” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 12 ta xonadonlarga, Fargʻona shahridagi “Surxtepa” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 25 ta xonadonlarga koʻmir mahsuloti OʻzLiDeP Fargʻona shahar Kengashi xodimlari va mahalla faollari ishtirokida taqsimlab berildi.
- Qish kunlarida amalga oshirilgan bunday saxovat ishlari fuqarolarga Yangi yil sovgʻasi boʻldi. Bundan, albatta, barcha fuqarolar mamnundirlar, – deydi “Maorif” mahalla fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari Sevara Mavlyanova.
Shohsulton TOʻXTAMATOV,
OʻzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi matbuot kotibi.