O'tgan yili 50 nafarga yaqin yoshlarga issiqxonachilik sir-asrorlarini o'rgatgan mirishkor bu yilgi sovuq ob-havo sharoitida minimal sarf bilan ertaki ko'chat etishtirishda o'z tajribasini ulashib kelmoqda.
Issiqxonada ertaki pomidor, sovuqqa chidamli gul ko'chatlari etishtirilmoqda. Etishtirilgan hosil hududdagi hamda qo'shni tumanlardagi issiqxonalarga yetkazib beriladi.
“Biz o'tib oldik. Sovuqning dastlabki kunida moslashuv biroz qiyin bo'ldi. Ko'chat nish urishidan issiqxona haroratini bir maromda ushlashga harakat qildik. 4-5 xil navli pomidor, 5-10 turdagi gul ko'chatlari 10-15 sm. ga bo'y cho'zdi. Kelasi haftadan issiqxonachilar ko'chat olib ketishga kelishadi." - deydi Murodjon Sultonov.
Mirishkorning aytishicha, bodring ko'chatlari yetishtirish uchun yana 10 sotixga yaqin issiqxona tayyorlanmoqda.