Fargʻonalik oʻqituvchining fan olimpiadasida qatnashgan 9 nafar oʻquvchisi mutlaq gʻolib boʻldi

    Ta'lim 20 Yanvar 2021 1221

    Fargʻonalik informatika fani oʻqituvchisining Olimpiadaga olib chiqqan barcha oʻquvchilari gʻolib boʻldi deya xabar bermoqda XTV.

    Odinaxon Yuldasheva Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani 65-IDUMI informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchisi, Xalq taʼlimi aʼlochisi.

    Odinaxon Yoʻldoshevaning oʻquvchilari har yilgi fan olimpiadalarida viloyat va Respublika bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritib keladi.

    Joriy yilda u kamdan-kam qayd etiladigan natijaga erishdi: Uning 9-10-11-sinflardan olib chiqqan 9 nafar oʻquvchisining barchasi viloyat fan olimpiadasida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

    Bunday natijaga erishishida uning oʻquvchilari bilan birgalikda tinim bilmay shugʻullanishi va oʻz kasbiga sidqdildan yondashishi sabab boʻlgan.