Farg'onalik talabalar aqlli svetofor ixtiro qildi

    Transport 25 May 2020 1418

    Farg'ona politexnika instituti talabalari elektr energiya tejaydigan aqlli svetofor ixtiro qildi.

    Ushbu mobil qurilma yo'llarda ta'mirlash ishlarini bajarish, maxsus tadbirlar o'tkazish, piyodalar o'tish xavfsizligini ta'minlash va boshqa ishlarni bajarishda transport harakatini vaqtinchalik tartibga solishga mo'ljallangan.

    Mobil svetofor quyosh paneli, akkumulyator, optik svetodiodli svetofor, tizimni boshqarish va nazorat qilish elektron bloklaridan iborat. Bularning barchasi harakatlanuvchi aravachaga o'rnatilgan.

    elektr energiya manbai bo'lgan 50 Vt.li quyosh fotoelektrik panel kuchlanishI 12 V va tok kuchi 70 A/soatli akkumulyator orqali svetoforni tunu kun bardavom ishlashini ta'minlaydi. Svetofor qizil va yashil yonuvchi ikki sektsiyadan, 8 ta yoritish chiroqlaridan iborat.

    Ushbu ko'chma svetofor quyosh panellari yordamida o'zini o'zi bemalol ta'minlay oladi. Quyoshsiz holatda ham akkumulyatorlar orqali 14 soatgacha ishlashi mumkin.

    Aytish kerakki, xorijda ishlab chiqarilayotgan svetoforlarning narxi mamlakatimizga olib kelish xarajatlari bilan o'rtacha 1000 AQSH dollariga to'g'ri keladi. Respublikamizda esa svetoforlarga talab juda yuqori. Masalan, birgina umumta'lim maktablari uchun 10 mingdan ortiq bunday qurilmalarga ehtiyoj bor.

    Taklif etilayotgan import o'rnini bosuvchi mobil, fotoelektrik, avtonom svetoforni tayyorlanish tannarxi esa xorijda ishlab chiqarilgan svetofor narxiga nisbatan 55 foiz arzon. .

    Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, buyurtmachilarning talabi va hududlarning sharoitlaridan kelib chiqqan holda svetoforning konstruktsiyasi, funktsiyasi, chiroqlarning yonish vaqtlari va intervallarini o'zgartirish yoki masofadan boshqarish tizimiga o'tkazish mumkin.