Fargʻonaning tashqi savdo aylanmasi hajmi oshmoqda

    2022-yil 1-aprel holatiga koʻra, viloyatning tashqi savdo aylanmasi 530,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 193,3 million AQSH dollariga yoki boshqacha aytganda, 57,4 foizga koʻp demakdir. Shundan:

    Eksport - 171,5 mln. AQSH dollari

    Xizmatlar – 2,2 mln. AQSH dollari

    Tovarlar – 169,3 mln. AQSH dollari

    Import – 358,7 mln. AQSH dollari

    Xizmatlar – 0,7 mln. AQSH dollari

    Tovarlar – 358,0 mln. AQSH dollariga toʻgʻri keldi.