Korxona yiliga mavjud quvvatlarga qo‘shimcha 3 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 260 ta doimiy ish o‘rinlari yaratildi. Expo Kollor Prin Teks paxta-to‘qimachilik klasteri korxonalarida yaratilgan doimiy ish o‘rinlari soni esa 1200 tadan ortdi.
Yana bir muhim jihati, ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalar qo‘llanmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish maqsadida inshootning tom qismiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda.