Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, Oliy Majlis Senati aʼzolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.
Ayni paytda Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻalchilikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganligi toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni oʻqib eshittirildi.
Yigʻilishda viloyat faollari soʻzga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.