Xaridorning farmatsevtga: “Bosh ogʻrigʻi uchun biror narsa bering”, deganini tez-tez eshitishingiz mumkin. Toʻgʻri, farmatsevt bosh ogʻrigʻidan diareyagacha nima yordam berishini va uni qanday qabul qilishni biladi.
Bundan tashqari, bu juda qulay: shifokorning yonigi kirishdek navbat kutish shart emas, doimiy ishlaydi, uydan piyoda masofada joylashgan.
Shubhasiz, bu qulay, ammo bitta LEKINi bor: farmatsevt dori-darmonlar haqida hamma narsani biladi, ammo bemorning kasallik tarixi va tahlil natijalari haqida emas.
Shunday qilib:
Agar alomatlar birinchi marta paydo boʻlsa-bu shifokorning ishi.
Agar alomatlar doimo paydo boʻlsa va siz sababni bilmasangiz — bu shifokorning ishi.
Agar oʻzingizni qandaydir “gʻalati” his qilsangiz — bu shifokorning ishi.
Agar siz dorixonadan oʻz bilganingizcha dori olgan boʻlsangiz va hech narsa yordam bermasa-bu shifokorning ishi.
Shifokorga oʻz vaqtida kirish -sizning javobgarligingiz.
Semptomlarni kuzatib borish- sizning masʼuliyatingiz.
Agar siz shunda ham preparatni oʻzingiz sotib olgan boʻlsangiz, albatta koʻrsatmalarni oʻqib chiqing, deb yozmoqda www.doridarmon.uz matbuot xizmati