Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi aholini ogohlantirdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Farengoforte” savdo nomidagi sprey ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq turli videolar tarqalmoqda.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasining maʼlum qilishicha, “Farengoforte” savdo nomidagi mahsulot aslida dori vositasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan va tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun ruxsat berilmagan.

    Shu munosabat bilan, Markaz Respublika hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi (idoraviy mansubligidan, mulkchilik va boshqaruv shaklidan qatʼiy nazar) barcha tashkilotlar va yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqirdi.

    “Farengoforte” mahsulotini realizatsiya qilmaslik soʻraldi.