Kuryerlik xizmati korxonalari moped olib kelib, odamlarni ishli qilayotgani, lekin mopedning oʻzi 300 dollar tursa, uni standartdan oʻtkazib, sertifikat olishga yana shuncha mablagʻ ketayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Xususiy klinikalar “Oʻzbekistonga ilk bor olib kelinayotgan ayrim tibbiy uskunalarni Farmqoʻmitada roʻyxatdan oʻtkazish xarajati ularning narxidan 10 karra qimmat”, demoqda. Shuningdek, qoʻmitada oddiy termometrni ham, MRT uskunasini ham roʻyxatdan oʻtkazishga 4-5 oy vaqt ketmoqda.
Davlatimiz rahbari bunday toʻlov va tartibotlar mutasaddilar tomonidan naqadar chuqur oʻylanganini savol ostiga qoʻydi.
“Bu yondashuv toʻgʻrimi? Albatta yoʻq. Murakkabligi va xavflilik darajasiga qarab, tibbiy uskuna, tibbiy buyum va dori-darmon uchun alohida-alohida muddat belgilash kerak”, — dedi Prezident.