Bu boʻyicha Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisi Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilandi. 

Qarorga koʻra, maktabda:

  • “Yalla” nomidagi bolalar ansambli faoliyati tashkil etiladi;
  • Yoshlar ijodiy laboratoriyasi hamda “ustoz-shogird” anʼanalari asosida estrada yoʻnalishi boʻyicha ijrochilik mahorat maktablari tashkil etiladi;
  • Maktab badiiy-pedagogik kengashi qarori bilan tashkil etilgan mahorat maktabining ustoz-ijodkorlari Davlat byudjeti hisobidan har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.

Yoshlar ijodiy laboratoriyasi doirasida:

  • 2026/2027 oʻquv yilidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 3 nafardan bolalar musiqa
    va sanʼat maktabining iqtidorli oʻquvchilaridan iborat guruh shakllantirib boriladi hamda taʼtil davrida yozgi toʻgarakka jalb etilib, estrada xonandaligi boʻyicha maxsus bepul kurslarda oʻqitiladi;
  • 2026/2027 oʻquv yiligacha zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etiladi hamda u sahna jihoz va liboslari bilan taʼminlanadi;
  • Maktab va yozgi toʻgarakka jalb qilingan oʻquvchilarning ijod namunalari televideniye va xalqaro onlayn platformalarda namoyish etib boriladi.